Bolalarda Isitma
Isitma — bu tana haroratining kunlik tabiiy oʻzgarishidan yuqoriga koʻtarilishi holatidir. Tana haroratini oʻlchash joyi, vaqti va bolaning yoshiga qarab oʻzgaradi. Bolalar davrida qoʻltiq ostidan oʻlchanganda 37–37,2°C, quloq (timpanik) orqali 37,8–38°C dan yuqori va toʻgʻri ichak (rektal) orqali 38°C dan yuqori harorat isitma deb hisoblanadi.
Kasxona yoki poliklinikalarda 4 haftadan katta bolalarda timpannik raqamli termometrlar bilan isitma oʻlchanishi mumkin. Biroq, uy sharoitida ota-onalarga raqamli termometr yordamida qoʻltiq ostidan oʻlchash tavsiya etiladi. Infraqizil termometrlar bilan timpannik oʻlchash ancha notoʻgʻri natija berishi mumkinligi sababli tavsiya etilmaydi.
Isitma ko‘pincha ota-onalarda qo‘rquv va xavotir uygʻotadi. Aslida esa, isitma — bu organizmga tushgan infeksiyalarga qarshi paydo boʻladigan normal fiziologik reaksiyadir va infeksiyaga qarshi kurashishda muhim rol oʻynaydi.
Febril tutqanoq qo‘rquvi tufayli ham ota-onalar, ham tibbiyot xodimlari isitmani darhol tushirishga harakat qiladilar. Ammo, ilmiy izlanishlar shuni koʻrsatadiki, isitmani tushirish antipyretik yoki antibiotiklarning ishlatilishi yoki tutqanoq soniga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi. Ba’zida ota-onalar buni xavfli tutqanoq deb hisoblasalar-da, bu tutqanoqlar bolaga jiddiy zarar yetkazmaydi va iz qoldirmaydi.
Isitma organizmga mikroorganizmlarga qarshi kurashishda yordam beradi va infeksiyani nazorat qilishga foydali boʻladi. Isitma tanada modda almashinuvini oshiradi, yurak urish tezligi va nafas olishni tezlashtiradi. Shuning uchun, agar yurak yoki oʻpka bilan bogʻliq kasallik mavjud boʻlsa, bu holat yomonlashishi mumkin. Boshqa tomondan, sogʻlom bolalarda yuqori boʻlmagan isitmani boshqarish infeksiyani nazorat qilishda foyda beradi.
Isitma Qanday Tushiriladi?
-
Faqatgina jismoniy sovutish yetarli emas.
-
Paratsetamol tarkibli dorilar har 6 soatda berilishi mumkin.
-
Ibuprofen 5–10 mg/kg dozada har 6–8 soatda berilishi mumkin. Biroq suvchechak, ichishga qiynalayotgan, suvsizlangan yoki oshqozon muammolari boʻlgan bolalarga berilmaydi.
-
Ibuprofen va paratsetamolni birga ishlatish jigar va buyrakka salbiy ta'sir ko‘rsatishi sababli tavsiya etilmaydi. Boshqacha aytganda, ularning birgalikdagi ishlatilishi alohida ishlatilishiga nisbatan isitmani ancha yaxshi tushirishi isbotlanmagan.
-
Metamizol (Novalgin) bolalarda isitmani tushirish uchun ishlatilmaydi. A granulotsitoz (oq qon tanachalari yetishmovchiligi) xavfi tufayli tavsiya etilmaydi.
-
Agar isitmali bola umumiy holati barqaror boʻlsa, 24–48 soat davomida isitmani tushiruvchi vositalar bilan kuzatish mumkin.
Agar bolaning isitmasi tushgach, umumiy holati, kayfiyati, ovqat va suyuqlik iste'moli yaxshilansa, bunday isitmadan qoʻrqmaslik kerak. Ammo quyidagi holatlarda albatta shifokorga murojaat qilish kerak:
-
Bola 3 oylikdan kichik boʻlsa
-
Qusish, diareya yoki ogʻiz orqali oziqlanishda qiynalish boʻlsa
-
Nafas olishda qiynalish, xirillash, nafasning tezlashuvi yoki lablar va terining koʻkargani boʻlsa
-
Bola tutqanoq holatiga tushsa
-
Isitma tushganidan keyin ham bola kasalga oʻxshab koʻrinsa
Shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari faqat isitma tushirish markazlari emas; bu joylar bemorlar koʻrikdan oʻtkazilib, zarur tekshiruv va davolashlar amalga oshiriladigan markazlardir. Har bir ota-ona bolaning isitmasini qanday boshqarishni bilishi kerak. Isitmaning oʻzi emas, uning ortida yotgan sabab muhimdir. Isitma — bu tananing yaxshi himoya mexanizmidir.